Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

"Tashkent Index" bozorida 35 ta mashinani soyabon bosib qoldi

A A A
 "Tashkent Index" bozorida  35 ta mashinani soyabon bosib qoldi

16 fevral kuni ob-havoning keskin yomonlashishi va kuchli qor yog‘ishi oqibatida "Tashkent Index" ko‘p tarmoqli savdo-sotiq bozori hududidagi savdo maydonlarining bir qismida, bitta pudratchi tomonidan qurilgan yengil konstruksiya (soyabon) bitta 50 metrlik qatori qorning og‘irligidan qulab tushdi.

Ushbu soyabon ostida 35 avtotransport vositasi turgan bo‘lib, ulardan 6 tasining kapot, tom, yoki bamper qismlariga shikast yetgan.

Ayni vaqtda avtotransport vositalarining egalari bilan kelishilgan holda, yetkazilgan moddiy zararni qisqa fursatlarda qoplab berish chorasi ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 17:42 17.02.2024. O'qildi: 2489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!