Ayni kunlarda Vengriya poytaxtida suzish bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari davom etmoqda. Quvonarlisi, musobaqada suzuvchimiz Jahon kuboklari tarixida ilk bor sovrindor bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi.
Bunday tarixiy natijaga Vladislav Mustafin mualliflik qildi. Brass usulida suzishga ixtisoslashgan vakilimiz 50 metr masofaga kechgan bahsda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Suzish bo‘yicha Jahon kubogi. Vengriya
50 metr, brass. Erkaklar
1. Arno Kamminga (Niderlandiya) – 27.13
2. Saba Siladi (FINA) – 27.41
3. Vladislav Mustafin (O‘zbekiston) – 27.46