Taniqli turk aktyorlari Xalit Ergench va Rizo Kojao‘g‘li shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.
Haber Global xabariga ko‘ra, sud Xalit Ergenchni 1 yil 10 oy 15 kunga, Rizo Kojao‘g‘lini 1 yil 8 oyga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Gezi bog‘idagi voqealar munosabati bilan (2013 yil yozidagi norozilik namoyishlari munosabati bilan) jazolangan.
Xalit Ergench "Muhtasham asr," "Ming bir kecha," "Bobil" kabi mashhur seriallarda bosh rollarni ijro etgan.