Taniqli turkiyalik aktrisa Merve Bolugur erkaklarga bo‘lgan haddan tashqari ko‘p talablari haqida gapirdi va buni yolg‘izligining asosiy sababi deb hisobladi.
Aktrisa muxlislari bilan muhabbat, erkaklar va munosiblar uchun maqbul bo‘lgan mezon haqida fikrlarini bildirdi.
«Men har doim ayollar tomonidaman. Men ayollarni o‘z kuchlarini, ularning ahamiyatini his qilishga undayman», – dedi Bolugur.
Aktrisaning ta’kidlashicha, ba’zida uning erkaklarga qo‘yadigan talabi ortiqchalik qiladi va shuning uchun ham hozirgi paytda u yolg‘iz.
«Menga yoqadigan erkak aqlli, sodiq va juda chiroyli bo‘lishi kerak», – deya qo‘shimcha qildi yulduz.