Taniqli rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi o‘ldirib ketildi. Qotillikda ularning o‘g‘li gumonlanmoqda
TMZ xabar berishicha, rejissyor va rafiqasining jasadlari 14 dekabr kuni Los-Anjelesdagi uylarida pichoq zarbalari bilan topilgan. Qotil uyni yoqib yuborgani sababli, qurbonlarning shaxsini aniqlash vaqt olgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy gumonlanuvchi — ularning giyohvand moddalarga ruju qo‘gan o‘g‘li Nik Rayner.
Hozirda Nik qo‘lga olingan, ayni paytda unga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.