Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Talabalar o‘rniga imtihon topshirib, millionlar ishlagan Amazon kuryeri qamaldi

Talabalar o‘rniga imtihon topshirib, millionlar ishlagan Amazon kuryeri qamaldi

Buyuk Britaniyada talabalar o‘rniga imtihon topshirib va o‘quv ishlarini bajarib, qariyb 3,1 million dollar (2,4 million funt sterling) daromad qilgan Amazon kuryeri uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan 43 yoshli Shahid Adnan kuryer sifatida faoliyat yuritgan va talabalarga pul evaziga turli xizmatlar ko‘rsatib kelgan.

Jumladan, u talabalarning testlarini bajarib bergan, kurs ishlarini yozgan va ayrim ishlar uchun 18 ming dollargacha haq olgan.

Ushbu jinoiy sxema 2023 yilda tasodifan fosh bo‘lgan. Talaba qizlardan biri kurs ishi saqlangan fleshkani o‘qituvchisiga topshirgan. Standart tekshiruv jarayonida o‘qituvchi qurilma ichida universitet tizimiga kirish uchun login va parollar ham mavjudligini aniqlagan.

Bu esa Shahid Adnanga talabalar nomidan tizimga kirib, ularning o‘quv ishlarini bajarish imkonini bergan.

Tergov davomida polisiya uning uyidan katta miqdordagi naqd pullarni musodara qilgan. Shuningdek, bank hisobvaraqlarida 3,1 million dollardan ortiq mablag‘ saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kuryer dunyoning turli davlatlaridagi universitetlarda tahsil olayotgan kamida 124 nafar talabaning o‘quv ishlarini bajarib bergan bo‘lishi mumkin.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 08:01 20.06.2026. O'qildi: 1650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!