Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Talabalar saylovda qatnashish uchun uylariga qaytadimi?

Talabalar saylovda qatnashish uchun uylariga qaytadimi?

Doimiy yashash hududidan olisda tahsil olayotgan talabalar saylovda ovoz berishi uchun doimiy yashash joyidagi saylov uchastkasiga borishlari shart emas.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida ishtirok etish uchun talabalarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi. Unga ko‘ra, talabalar o‘z saylov uchastkasini o‘zgartirib, vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.

Masalan, Toshkentda tahsil olayotgan xorazmlik talaba saylov uchastkasini o‘zgartirish haqida onlayn ariza yuborib, Toshkent shahrida saylovda qatnasha oladi.

O‘z saylov uchastkangizni almashtirish uchun quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz kerak:
https://my.gov.uz/uz/service/492

Kiritildi: 16:54 13.09.2021. O'qildi: 2219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!