Bugun 7 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Tailandda fojia: O‘yin paytida futbolchi o‘ldi

Tailandda fojia: O‘yin paytida futbolchi o‘ldi

Tailandda futbol uchrashuvi paytida fojia sodir bo‘ldi. «Yala» klubi futbolchisi Sofvan Avae maydon o‘rtasida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi. Hodisa tasvirlangan lavhalar qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videoda ko‘rinishicha, kuchli chaqmoq razryadi to‘g‘ridan-to‘g‘ri futbolchiga tegadi. U yerda turgan jamoadoshlari darhol yordam ko‘rsatishga harakat qilib, yurakni uqalash orqali uni tiriltirishga urinishadi. Ammo ko‘rilgan choralarga qaramay, Sofvan Avaeni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. U bor-yo‘g‘i 24 yoshda edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chaqmoq urishi oqibatida yana to‘qqiz kishi jarohat olgan. Ular shoshilinch ravishda shifoxonaga yetkazilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mutaxassislar Tailandda futbol uchrashuvlari paytida bunday holatlar tez-tez uchrab turajagini ta’kidlashmoqda. Mamlakatda yomg‘irli va chaqmoqli ob-havo ko‘p kuzatilishi sabab, ochiq maydonlarda o‘tadigan o‘yinlar vaqtida xavf darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 11:14 06.08.2026. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!