Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tailand o‘nlab davlatlar uchun vizasiz muddatni qisqartirdi

Tailand o‘nlab davlatlar uchun vizasiz muddatni qisqartirdi

Tailand hukumati Rossiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, AQSH, Avstraliya va Yevropaning aksariyat davlatlari fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini qisqartirishga qaror qildi.

Endi ko‘plab xorijlik sayyohlar mamlakatda avvalgi 60 kun o‘rniga faqat 30 kun vizasiz qolishi mumkin bo‘ladi. Ayrim davlatlar fuqarolari esa mamlakatga kirishda viza olishi shart bo‘ladi.

Avvalroq, 2024 yil iyul oyidan boshlab Tailand 93 davlat fuqarolari uchun 60 kunlik vizasiz rejimni joriy qilgan edi. Bu qaror koronavirus pandemiyasidan keyin turizm sohasini tiklash maqsadida qabul qilingandi.

Biroq endi Bangkok siyosati keskin o‘zgarmoqda. Tailand tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, yangi cheklovlar asosan xavfsizlik sabablari bilan joriy etilmoqda.

So‘nggi haftalarda mamlakatda giyohvand moddalar savdosi, jinsiy ekspluatasiya, o‘g‘irlik va jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq bir qator shov-shuvli holatlar qayd etilgan. Shuningdek, ayrim xorijliklarning vizada belgilangan muddatdan ortiq qolib ketishi va ruxsatsiz biznes yuritishi ham rasmiylarni xavotirga solmoqda.

Tailand bosh vaziri Anutin Charnvirakul hukumat viza siyosatini iqtisodiy va milliy xavfsizlik manfaatlariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqqanini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 20:53. O'qildi: 194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!