Ma’lum bo‘lishicha, 2015 yilda Bangkokda sodir etilgan portlashni tashkil qilishda ayblangan ikkala mahkum — Bilal Mohammad va Yusuf Miyerali Xitoydagi uyg‘ur ozchiligi vakillaridir.
Sudning qaroriga ko‘ra, ular 2015 yil 17 avgust kuni kechqurun Bangkok markazidagi, xorijlik turistlar gavjud bo‘ladigan Eravan ibodatxonasi yaqinida yuz bergan portlashni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etgan. Hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 120 dan ortiq inson jarohatlangan edi.
Biroq polisiya tergovidagi ko‘plab kamchiliklar va deyarli o‘n yil davom etgan sud jarayonining o‘zi chiqargan qarori borasida jiddiy savollarni paydo qildi. Ikkala ayblanuvchi ham butun sud jarayoni davomida o‘z ayblarini inkor etib kelgan, deyiladi ommaviy axborot vositalari xabarida.