Tailand Bosh vaziri Anutin Charnvirakulan AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti ortidan Kambodja bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi yo‘qligini ma’lum qildi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kambodja birinchi bo‘lib keskinlikni pasaytirishi kerak. Vaziyatni hujumga uchragan tomon emas, kelishuvni buzgan tomon tuzatishi kerak", dedi u jurnalistlarga.
"Tramp o‘t ochishni to‘xtatishni xohladi. Men unga do‘stlarimiz bilan bog‘lanishini aytdim. Bizga o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilish shart emas, lekin bizga Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishi, qo‘shinlarini olib chiqib ketishi va ular qo‘ygan barcha minalarni olib tashlashi kerak", - dedi u.
Bosh vazir, shuningdek, "Hozirda Kambodja bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv yo‘q", deb aniqlik kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, jangovar harakatlar qayta boshlanganidan buyon har ikki tomondan kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 260 dan ortiq kishi jarohatlangan.