Kambodja-Tailand chegarasida shu oy boshidan buyon avj olgan mojaro 12 kambodjalik halok bo‘ldi, 74 kishi yaralandi.
Bu haqda Khmer Times nashri Kambodja axborot vaziri Net Pxeaktraga tayanib ma’lum qildi.
400 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.
Bayonotda, Tailand armiyasining qiruvchi samolyotlar va kassetali o‘q-dorilar kabi og‘ir qurollardan foydalangani qayd etildi.
Kambodja Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Tailand F-16 qiruvchi samolyotlari mamlakat shimoli-g‘arbidagi Siyem Reap viloyatidagi qochqinlar lagerlari yaqiniga bomba tashlagan.