Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Tabiiy gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘ldi

Tabiiy gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida shu yil 8 dekabr kuni “Marokand” MFYda yashovchi, nafaqaxo‘r Q.S. uyida elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida xonaga o‘rnatilgan isitish pechi quvuridan sizib chiqib, to‘planib qolgan tabiiy gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada Q.S. kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi yozmoqda.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida joriy yilning 8 dekabr kuni “Pandigon” MFYda yashovchi T.N. uyi yotoqxonasida elektr chirog‘i o‘chib yonishi natijasida, xonada bo‘lgan isitish pechidan sizib chiqib to‘plangan tabiiy gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada T.N. va birga yashovchi 5 oylik qizi SH.S. turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar.

 

Kiritildi: 17:46 09.12.2018. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!