Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Suv ostida uzoq qola oladigan «dengiz lo‘lilari» haqida eshitganmisiz?

Suv ostida uzoq qola oladigan «dengiz lo‘lilari» haqida eshitganmisiz?

Odatda insonlar suv ostida uzog‘i bilan 1 daqiqa turishlari mumkin. Bu yog‘iga esa yo hushlaridan ketadilar yoki... Lekin yer sayyorasida dengiz lo‘lilari , ya’ni badji deb atalmish qavm borki, ular suv ostida hech qanday qiyinchiliksiz 10 daqiqadan ham ortiqroq tura olishadi. Bu xalq haqida ko‘pchilik eshitmagan ham bo‘lsa kerak.

Badjilar kim o‘zi?
Bu qavm umrining deyarli 90 foizini suv ustida o‘tkazadi. Ular faqat ichimlik suvi uchungina quruqlikka chiqishlari mumkin. Ular asosan Malayziya, Indoneziya, Tailland qirg‘oqlariga yaqin joylarda kemalarda hayot kechiradi. Qavm o‘rtacha 60-70 yosh umr ko‘radi va deyarli tashqi dunyodan uzilib qolgan. Ularning hayoti asosan baliqchilik bilan o‘tadi. Shu sabab ushbu qavm barchani hayratda qoldirgancha, suv ostida ancha uzoq tura oladi.

Buning siri nimada?
Olimlar dengiz lo‘lilari ustida deyarli 2 yil tadqiqot o‘tkazishdi va hayratda qolishdi. Odamzod suv ostida besh daqiqada klinik o‘lim holatiga tushsa, qahramonlarimiz bundan mustasno. Ularning organizmi oddiy insonlarnikidan biroz boshqachoroq ekan. Ularning uzoq muddat quruqlikdan uzoqda bo‘lishgani bu qavmning evolyusiyasiga ta’sir qilgan. Olimlar haligacha bu imkoniyatlarning sirini o‘rganishda davom etmoqdalar.

Badji xalqining kelajagi xavf ostida
Bu qavmning umumiy soni hozirda Chamasi 200 000 kishini tashkil etadi. Afsuski, ko‘plab davlatlar bu millat uchun o‘z chegaralarini yopib tashlamoqda. Hozirda ular uchun faqat Indoneziya qirg‘oqlaridagina quruqlikka chiqishga ruhsat berilgan. Badjilar sayyoramizdagi eng kam o‘rganilgan xalq. Ularning hayot tarzlari, odatlari, va yana boshqa ko‘plab biz bilmagan qirralari hozircha sir bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 12:03 15.02.2019. O'qildi: 4496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!