Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Surxondaryoliklar respublikada birinchi bo‘lib paxta rejasini bajardi

Surxondaryoliklar respublikada birinchi bo‘lib paxta rejasini bajardi

Mirishkor dehqon va fermerlar mehnati tufayli viloyatda 275 ming 600 tonnadan ortiq “oq oltin” yetishtirildi.

Joriy yilda ob–havo sharoiti noqulay kelgani va suv tanqisligi kuzatilganiga qaramasdan, surxonlik dehqonlar sabot va tajriba bilan mehnat qilib, mo‘l hosilga erishdilar.

Hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish maqsadida viloyatda 1 ming 277 ta terim otryadi tashkil etildi. Paxtani qabul shoxobchalariga yetkazib berish uchun 2 ming 10 ta traktor va 2 ming 965 ta tirkama jalb etildi.

Ayniqsa, bu yildan boshlab Surxondaryoda xorijiy tajriba asosida yuqori hosildor navlarni yetishtirish sinovdan o‘tkazilib, ayrim yer maydonlarida gektariga 80 sentnergacha hosil olindi. Shuningdek, Xitoydan keltirilgan 60 ta zamonaviy paxta terish mashinalari hosilni qisqa vaqtda va sifatli yig‘ib olishda katta yordam berdi.

Mirishkorlarning fidoyi mehnati, klaster va fermer xo‘jaliklarining samarali faoliyati natijasida Surxondaryo viloyati paxtachilikda yana bir bor respublikada ilk o‘rinni egalladi. (https://t.me/axborot_xizmati/50217)
Hozirda viloyatning barcha hududlarida qolgan hosilni yig‘ib-terib olish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Kiritildi: 23:18 12.10.2025. O'qildi: 973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!