Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryolik yoshlar harbiy mashg‘ulotlar bilan tanishdi

Surxondaryolik yoshlar harbiy mashg‘ulotlar bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida qo‘yilgan topshiriqlar yuzasidan viloyat hokimi To‘ra Bobolov tomonidan “Surxondaryo viloyatida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatchilarning etnomadaniy qadriyatlar to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.

Ushbu qaror ijrosi yuzasidan viloyatdagi harbiy qismlarning biriga “Yoshlar – kelajagimiz poydevori” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi umumta’lim maktablaridan 200 dan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Ustozlar va yoshlar harbiy qism ofiserlari tomonidan iliq kutib olinib, ular harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, o‘quvchilar harbiy qism hududidagi o‘quv joylari bilan ham yaqindan tanishib, ilk harbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Mashg‘ulotlarda bevosita ishtirok etib, harbiylar bilan samimiy suhbat qurishdi. Mashg‘ulotlar mobaynida harbiylar yordamida turli mashqlarni bajarib, qurol-aslaha va jangovar texnikalar imkoniyatidan amalda foydalanib ko‘rdilar.

Ekskursiya va tadbir kun mobaynida davom etdi. O‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda podpolkovnik Zufar Yusupov yoshlarga milliy qadriyatlarimizning tarbiya negizi ekani, harbiy-vatanparvarlik, dostonlar, baxshichilik va chavandozlikning kelajak avlodga beshikast yetkazib berilishining muhimligi haqida gapirdi.

Harbiy qismning sport maydonida chavandozlar tomonidan ot minishning sir-asrori yoshlarga ko‘rsatib berildi.

Tadbir yakuni konsert dasturiga ulanib ketdi. Unda Termiz garnizoni harbiy orkestri ijrosida musiqalar yangradi, qo‘shiqlar kuylandi. Surxondaryolik Sherali baxshi Egamberdiyev tomonidan “Alpomish” dostonidan parchalar aytildi.

Shu kungi tadbirlar, harbiy mashg‘ulotlar va ekskursiya o‘quvchi yoshlarda katta taassurot qoldirib, xotiralarida bir umrga muhrlangani tabiiy.

Kiritildi: 17:24 14.11.2019. O'qildi: 1846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!