Surxondaryo. 2020 yilning 10 iyul kuni Angor tumani IIB xodimlari tomonidan “Sharq-guli” mahallasi hududida o‘tkazilgan tadbir davomida, muqaddam giyohvandlik vositasi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlik uchun sudlangan 44 yoshli N.N., ning yonidan kelgusida qonunga xilof ravishda o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, sof vazni 20.07 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelganligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan N.N., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan (ko‘p miqdorda giyohvand vositasini o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. N.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.