Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryolik ayol MIB xodimini kaltakladi (foto)

Surxondaryolik ayol MIB xodimini kaltakladi (foto)

Joylarda tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilishiga qaramasdan iste’molchilar orasida elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik, huquqbuzarlik holatlari, hattoki xizmat vazifani bajarib kelayotgan davlat inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish holatlari ham uchrab turibdi. 

Surxondaryo viloyati Denov tumani “Vodiy” mahallasida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan Majburiy ijro byurosining davlat inspektori ko‘p qavatli xonadonlarning birida elektr energiyasidan foydalanish tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzib foydalanib kelayotgan iste’molchini aniqlagan. 

Mazkur holat yuzasidan Byuroning davlat inspektori tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda xonadon egasi M.M. qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, dalolatnomani rasmiylashtirishiga qarshilik ko‘rsatib, yengil tan jarohati yetkazadi. 

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, joriy yilning 8 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudining ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Sud M.M.ning harakatlarini baholab, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan 180 soat majburiy jamoat ishlari jazosini tayinladi.

Kiritildi: 17:40 17.07.2019. O'qildi: 3153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!