Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda yuk mashinasiga berkitilgan qariyb 8 kg giyohvandlik vositalari fosh bo‘ldi

Surxondaryoda yuk mashinasiga berkitilgan qariyb 8 kg giyohvandlik vositalari fosh bo‘ldi

Viloyat bojxona boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar o‘zaro hamkorlikda, Ayritom" chegara bojxona postiga kirib kelgan avtotransport vositasini ko‘zdan kechirishgan.

Natijada avtotransport kabinasidagi xufiya joyga berkitilgan 7 ta sariq rangli skoch bilan o‘ralgan o‘ramlarni topishgan.

Ushbu o‘ramlar ochilib, maxsus elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganda 3 ta o‘ramda jami og‘irligi 3 kg bo‘lgan "opiy" va 4 ta o‘ramda og‘irligi 4 kg 950 gr bo‘lgan "gashish" giyohvandlik vositalari borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 20:35 05.07.2024. O'qildi: 687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!