Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda Xitoy kompaniyasi talon-toroj qilindi

Surxondaryoda Xitoy kompaniyasi talon-toroj qilindi

Surxondaryo. 2020 yilning aprel oylarida no’malum shaxslar Sariosiyo tumani Sharofobod mahallasi hududida joylashgan Xitoy Xalq Respublikasining kompaniyasiga qarashli tashkilot omborxonasidan 75 dona o‘ramda bo‘lgan konda ishlatiladigan maxsus "setka" va 85 dona armaturani yashirin ravishda talon-toroj qilib, kompaniyaga jami bo‘lib 142.905.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Sariosiyo tumani Sharofobad mahallasida yashovchi 7 nafar fuqarolar turli vaqtda sodir etganligi aniqlanib, ulardan 36 dona setkalar va 85 dona armaturalar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 3 nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan, 4 nafar fuqaroga nisbatan esa JKning 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari (ancha miqdorda bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Kiritildi: 17:02 18.05.2020. O'qildi: 4823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!