Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda qaynota va kuyov bir-birini do‘pposladi

A A A
Surxondaryoda qaynota va kuyov bir-birini do‘pposladi

Joriy yilning 30 mart kuni taxminan soat 11:00lar chamasida, Oltinsoy tumani “Jobu” mahallasida yashovchi fuqaro M.A. o‘zi bilan bir mahallada yashovchi kuyovi SH.A.ni tumanning “Qorliq” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Oltinsoy” daryosi oldida o‘rtalarida oldindan davom etib kelayotgan oilaviy ziddiyatlari sababli bir-birlari bilan tortishib, janjallashib qolishadi.

Janjal vaqtida M.A. qo‘lida bo‘lgan tayoq bilan SH.A.ni boshiga bir marotaba urib, qasddan sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazganligi, shuningdek, janjal vaqtida SH.A. o‘zini himoya qilish maqsadida M.A. yuz sohasiga qo‘lini musht qilgan holatda urib, qasddan yengil tan jarohati yetkazganligi aniqlanadi. (Mazkur tan jarohatlari tegishli sud tibbiy ekspertiza xulosalari bilan tasdiqlangan).

Mazkur holat yuzasidan, Oltinsoy tumani Ichki ishlar bo‘limiga kelib tushgan xabarnomaga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv harakatlari mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijalariga ko‘ra, fuqaro M.A.ga nisbatan 2020 yilning 1 aprel kuni Oltinsoy tumani Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 22:25 27.01.2022. O'qildi: 3571 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!