Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryoda poyezddan portlovchi modda topildi

Surxondaryoda poyezddan portlovchi modda topildi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Boldir temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni Turkmaniston Respublikasidan mamlakatimiz hududiga kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarining biriga joylashtirilgan portlovchi modda hamda uning bir dona detonatorini ushlab qoldi.

Dunyoda yuzaga kelayotgan geosiyosiy vaziyat, xavf va tahdidlar bojxona xodimlaridan yuqori kasbiy-jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishni, o‘z vazifasiga hamisha hushyorlik bilan yondashib, doimo shay turishni taqozo etmoqda, deydi viloyat bojxona boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar guruhi inspektori Shoxro‘z O‘ralov. Shunga muvofiq viloyat bojxona xodimlari turli chora-tadbirlarni amalga oshirib, kontrabanda ashyolari va noqonuniy tovarlarning yurtimiz hududiga olib kirilishiga chek qo‘ymoqda. Mazkur holatda ham tungi soat 2.00larda Vatanimizga kirib kelgan yuk poyezdi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda tarkibidagi vagonlardan birining ko‘z ilg‘amas joyiga qizg‘ish rangli Trotilovaya shashka ves 200 gramm nomli portlovchi modda va uning bir dona detonatori ustomonlik bilan joylashtirilgani aniqlanib, to‘xtatib qolindi.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Manba: O‘zA

Kiritildi: 15:47 11.01.2019. O'qildi: 2141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!