Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda jiyan tog‘asini pichoqlab qo‘ydi

A A A
Surxondaryoda jiyan tog‘asini pichoqlab qo‘ydi

Joriy yilning 4 may kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Xursand” mahallasi “Dazara” qishlog‘ida jiyan o‘z tog‘asini pichoqlab qo‘ydi.

Bir-ikki kun ilgari buyurilgan uy yumushlarini bajarmagani uchun tog‘a jiyanini tergaydi. Tabiiyki bu jiyanga yoqmaydi. O‘smir quloqsizligiga javoban tog‘a tomonidan tarsaki bilan jazolanadi. Balog‘at bosqichidagi qiziqqonlikmi, yolg‘iz ona tarbiyasida voyaga yetayotgani sabab bo‘libmi muqaddam sudlanmagan, voyaga yetmagan D.J. tog‘asiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazadi.

Yuz bergan voqeadan pushaymon tog‘a jiyanining qilmishiga o‘zi sababchi ekanligini aytmoqda.

Jabrlanuvchi da’vo qilmayotgan bo‘lsa-da, holatga qonuniy baho berish maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:53 14.05.2020. O'qildi: 3161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!