Bu allaqachon 2024 yilda assosiasiyaga a’zo bo‘lishga qaror qilgan beshinchi davlatdir.
Suriya rasmiylari BRIKSga qo‘shilish uchun ariza topshirdi, deb yozadi «TASS» mamlakatning Moskvadagi elchisi Bashar Ja’farga tayanib.
«Biz BRIKSga qo‘shilishdan juda manfaatdormiz. Biz tashkilotga a’zo bo‘lish uchun yozma so‘rovlar yubordik».
- dedi u.
Avvalroq Tailand, Malayziya, Ozarbayjon va Turkiya uyushmaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan edi. Bloomberg agentligiga ko‘ra, 22–24-oktabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan sammitda BRIKSni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Hozirda BRIKS tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Misr, Eron, BAA, Saudiya Arabistoni va Efiopiya kiradi. Iyul oyi oxirida Malayziya qo‘shilish uchun ariza topshirdi. Bu yil Rossiya ittifoqqa raislik qilmoqda.