Rasmda nimaga ko‘proq e’tibor qaratdingiz? Siz ko‘rgan surat siz uchun eng muhim bo‘lgan narsani ko‘rsatadi.
Uy — Oilangiz siz uchun muhim. Uy siz uchun eng qulay va o‘zingizni xavfsiz his qiladigan joy. Har bir narsa uyda bo‘lganidagina o‘zingizni tinch va hotirjam his qilasiz
Daryo — Xotiralar siz uchun muhim. Hayotingizda sodir bo‘lgan barcha muhim narsalarni eslaysiz: odamlar va voqealar. Siz hayotda yaxshi xotira qoldirishni istaysiz.
Qush parvozi — omad, baxtli tasodif — bu siz uchun muhim va ularning odamlar hayotida qanchalik ahamiyatliligini tushunasiz. Sizning barcha harakatlaringiz doimo muvaffaqiyatli bo‘lishiga astoydil intilasiz.
Bo‘ri — O‘zingizga ishonishingiz juda muhim. Siz bu hayotda faqat o‘zingizga ishonishingiz mumkin deb o‘ylaysiz. Sizning obro‘ingiz, sizning ahvolingiz, intilishlaringiz o‘zingiz uchun juda muhimdir. Siz bu hayotda qilgan barcha ishlaringiz uchun javobgarlikni o‘z bo‘ynigizga olgansiz.
Arg‘imchoq — Balans siz uchun muhim. Siz muvozanatli odamsiz. Hayotingizda kuchli his-tuyg‘ular va o‘zgarishlarni yoqtirmaysiz. Har bir narsada barqarorlik kerak deb hisoblaysiz.
Manba: zamin.uz