Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

So‘mning qadrini qanday ushlash mumkin?

So‘mning qadrini qanday ushlash mumkin?

Hech bir rivojlangan mamlakatda oylik ommaviy oshmaydi. Oylikning ommaviy oshishi milliy valyuta qadrini tushirib yuboradi. Milliy valyuta qadrining tushib borishi natijasida hech kim uyida yoki bankda so‘m saqlamaydi. Uning o‘rniga uyda dollar yig‘ishga harakat qiladi. Bu hol yana so‘mni qadrini tushirib dollarni qadrini oshirib yuboradi.

Shuningdek , so‘mni qadrsizlanishi inson mexnat kuchini pasayib ketishiga olib kelmoqda. Bizda milliy valyutani qadrsizlanishi mexnatga to‘lanadigan xaqni oshishiga nisbatan tezroq. Masalan , ish xaqi 10 % oshsa , infilyasiya 20 % oshib bormoqda. Bu hol Dunyo bo‘yicha O‘zbekistondagi mexnat kuchiga to‘lanadigan qiymatni kamayib ketishiga olib keladi. Oyliklarni kamligi insonlarni yaxshi yashashiga bo‘lgan intilishiga yetmaydi. Xamma insonlar yaxshi yashashga intiladi. Lekin oylikni yaxshi yashashga yetmasligi oqibatida odamlar ommaviy o‘g‘rilik yo‘liga o‘ta boshlaydilar. Ayniqsa amaldorlar oylikga yashamaydi. Bu hol ommaviy korrupsiyani keltirib chiqaradi.

O‘zbekistondagi mehnat kuchiga to‘lanadigan qiymat tushib ketishi oqibatida yani boshqa mamlakatlarga nisbatan oylikning kamligi tufayli aqlli bo‘lgan ( oliy ma’lumotlilar , mahoratli ishchilar , uquvli iqtisodchilar) kadrlar daryo oqimidek chiqib ketishi natijasida sifatli kadrlar yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu hol iqtisoddagi sifatli ishlab chiqarishni kamaytirib yuboradi. O‘zbekiston sifatli maxsulotlarning kamligi tufayli tashqi bozorni egallay olmaydi. Natijada O‘zbekiston faqat hom – ashyo hisobiga kun kechiradigan agrar mamlakatga aylanib qoladi.

Xo‘sh milliy valyuta bo‘lgan so‘mni qanday ushlash mumkin ?

1. Davlat juda plastik (xayot uchun o‘ta zarur) bo‘lgan mahsulotlarning narxini so‘mda ushlab turishi kerak. Bu mahsulotlarga Un , yog‘ , shakar va go‘sht oziq maxsulotlari , benzin va gaz , hamma kommunal chiqimlar ( sovuq suv , issiq suq , gaz , elektr energiyasi , yer solig‘i ) . Bu mahsulotlar uchun davlat boshqa mahsulotlar hisobidan qoplashi kerak.

2. Plastik kartochkalardagi so‘mni xozir paytdagi dollar hisobida hisoblab tushirish operasiyasi . Masalan mening oyligim 900 ming so‘m. Shu oylik avgust oyida 100 dollar bo‘lib tushadi (chunki davlat kursi 9000 ming so‘m bo‘lgani uchun  . Agarda dollar kursi sentyabrda 10000 so‘mga chiqsa meni kartochkamdagi pulib 900 ming so‘m o‘rniga 1 million so‘mga oshadi. Yani aholi plastik kartochkasidagi pulining qiymati vaqt o‘tishi bilan o‘zini qadrini yo‘qatmaydi. Shuningdek , bankdan kredit olayotgan aholi xam dollar hisobida so‘mni oladi. Masalan men avgust oyida 9 million olsam meni olgan kreditim 1000 dollar hisobida baxolanadi.

3.Oyliklarni davlat tamonidan ommaviy oshirishga yo‘l qo‘ymaslik ( faqat o‘qituvchi va tibbiyot xodimlaridan tashqari ) . Agar biz oyliklarni ommaviy 3 yil ichida oshirmasak bizning so‘mimiz dollarga nisbatan qadrsizlanishi butunlay yo‘qoladi.

4. Ishchisiga 500 dollar ekvivalentiga teng bo‘lgan kam bo‘lgan oylik beruvchi xususiy korxonalarni yopish kerak. Ishchisiga 500 dollar miqdorida oylik to‘lamaydigan korxonani egasi o‘z ishchilarini eksplotasiya hisobiga boylik otirvotgan bo‘ladi. Agarda ishchisiga 1000 dollar ekvivalentida oylik to‘laydigan korxonalarni solig‘ini kamaytirish kerak. Chunki bu korxona egasi aholini ish bilan ta’minlashdan tashqari aholini yetarli arajada boyishiga sababchi bo‘lmoqda.

5. Bizda xalqni boqadigan aholidan ko‘ra shu boqadigan aholini nazorat qiladigan aholi ko‘payib ketgan. Xamma sohalarni butunlay xususiylashtirish ( sug‘urta orqali xattoki tibbiyot va maorifni xususiylashtirish va shu orqali xam tibbiyotga va maorifga ajratilvotgan pullarni ishlayotgan ishchi – xizmatchilarga bo‘lib berish ) kerak. Xususiylashtirish orqali davlat ishida ishlayotgan amaldorlarni 60 % gacha kamaytirish. Silovoy stukturada ishlayotgan xodimlarni ( ichki ishlar , milliy gvardiya , milliy xavsizlik va boshqalar ) 40 % kamaytrish kerak.

6. Qanday yo‘l bo‘lmasin portal orqalimi , ijtimoyi tarmoqlar orqali takliflar bo‘ladimi bu takliflarni bergan shaxslarga e’tibor berish va ularni xar tamonlama qadrlash kerak. Va shunday taklif bergan shaxslarni davlat tamonidan kadrlar sifatida tayorlash kerak. Manimcha taklif berayotgan odamlar o‘z soxasini uzoq yillar o‘rgangan , kuchli mutaxasislaridir. Davlatni kelajagini kadrlar masalasi xal qiladi!

Husan Atashayxov

Kiritildi: 13:43 19.08.2019. O'qildi: 2005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!