"Kecha ham aytganimdek, o‘t ochishni to‘xtatish – bu faqatgina “Hizbulloh”ning qat’iyati va birligi natijasi. Biz bu sulhga ehtiyotkorlik bilan yondashamiz va to‘liq g‘alaba amalga oshmaguncha ular bilan birga qolamiz.
Men Pokiston davlatining vositachilik sa’y-harakatlariga va general Asim Munirga ushbu sulhni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz o‘z va’damizga sodiqmiz", — dedi Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir G‘olibof.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Livan o‘rtasidagi otashkesim sulhi “Hizbulloh”ga ham taalluqli ekanligini va “Hizbulloh” sulhga amal qilishiga umid bildirgan edi.