Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sudanda yana davlat to‘ntarishiga urinish bo‘ldi

Sudanda yana davlat to‘ntarishiga urinish bo‘ldi

Sudanni boshqarayotgan Muvaqqat harbiy kengash davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Anadolu”.

To‘ntarishga uringan qo‘mondon va 16 nafar zobit hibsga olingan. Ushbu rejaga maxsus xizmatlarning amaldagi va iste’fodagi xodimlari qo‘shilgan.

Muvaqqat harbiy kengashning ta’kidlashicha, davlat to‘ntarishidan maqsad hukumat va muxolifat o‘rtasida erishilgan tinchlik bitimiga zarar yetkazish bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 aprelida Sudanda davlat to‘ntarishi yuz bergan va prezident Umar Bashir hokimiyatdan chetlatilgan edi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:00 12.07.2019. O'qildi: 1260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!