Sudanda urush uchinchi yilini boshlayotgan bo‘lsa-da, taxminan 33,7 million kishi gumanitar yordamga muhtoj.
BMT bu haqda ijtimoiy tarmoq sahifasida ma’lum qilgan.
"Sudan xalqiga tinchlik kerak; ular o‘z uylariga xavfsiz qaytishlari kerak", deyilgan postda.
Avvalroq BMT Sudanda davom etayotgan janglar fonida Chad hozirda 1,3 million sudanlik qochqinni qabul qilayotganini ma’lum qilgan edi.
Sudandagi vaziyat 2023 yil aprel oyida Sudan Kengashi rahbari Abdul Fattoh al-Burhon va Tezkor aralashuv kuchlari qo‘mondoni Muhammad Hamdan Dagalo o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli keskinlashdi. Xartumda boshlangan to‘qnashuvlar keyinchalik mamlakatning boshqa mintaqalariga ham tarqaldi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, mojaro natijasida kamida 40 000 kishi halok bo‘lgan va yana 14 million kishi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.