Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Sud Jizzaxdagi mushtumzo‘rga yakuniy hukm chiqardi

Sud Jizzaxdagi mushtumzo‘rga yakuniy hukm chiqardi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati 2020 yil 17 mayda Facebook va YouTube tarmoqlarida e’lon qilingan fuqaro R. Mahkamovning videomurojaati yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan ayblangan Rahimjon Mahkamovga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudining ish yurituviga 2020 yil 8 aprel kuni kelib tushgan.

 Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi R. Mahkamov 2020 yil 24 fevral kuni soat 17.00 da Sharof Rashidov tumanidagi “Toshkentlik” mahallasi xududidan o‘tuvchi “Jizzax shahri-Temiryazov” ko‘chasining “Temiryazov” yo‘nalishida davlat raqam belgisi 25 M 680 YEA bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda davlat raqam belgisi 25 414 OAA bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan Jizzax shahri “Qassoblik” mahallasi “Yangixayot” ko‘chasi 19-uyda yashovchi fuqaro Umid Mannonov bilan o‘zaro tortishib qolib, ushbu yo‘l chetida to‘xtab, U. Mannonovga “nega menga yo‘l bermaysan” - deb, uning yuz qismiga o‘ng qo‘li bilan bir marotaba mushtlab urib, sudga oid tibbiy ekspertizasining 2020 yil 27 fevraldagi 552-sonli xulosasiga ko‘ra U. Mannonovga bosh miyani yopiq jarohati, pastki jag‘ suyagining chap tomondan bo‘g‘im o‘sig‘i asosidan va birinchi tishlar orasidan sinishi, yonoq lunj, iyak sohalari yumshoq to‘qimalariga “O‘rtacha og‘irlikdagi shikastlar” yetkazgan.

 Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudi raisi tomonidan 2020 yil 15 aprel kuni jinoyat ishini sud majlisida ko‘rish haqidagi tayinlash qarori chiqarilib, ishni mazmunan ko‘rish 2020 yil 24 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudi binosiga tayinlangan.

 O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi aniqlanib karantin e’lon qilinganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2020 yil 20 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi sudlarida “COVID-19” koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida”gi RS-13-20-sonli Qaroriga asosan 2020 yil 24 aprel kuni jinoyat ishini ko‘rish to‘xtatilgan.

 2020 yil 4 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudi binosida o‘tkazilgan sud majlisida sudlanuvchi R. Mahkamov va jabrlanuvchi U. Mannonovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66-1-moddasi va Jinoyat-prosessual kodeksining 583-moddasi talablari, ya’ni taraflar o‘zaro bir-birlari bilan yarashgan taqdirda ish yarashuv asosida harakatdan tugatilishi tushuntirilgan.

 Biroq jabrlanuvchi U. Mannonov sudlanuvchi R. Mahkamov bilan yarashmasligini bildirganligi sababli jinoyat ishini umumiy asoslarda ko‘rish davom ettirilgan.

 Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudining 2020 yil 12 may kungi hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi R. Mahkamov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, unga nisbatan qo‘llanilgan shaxsiy kafillik ehtiyot chorasi o‘zgartirilib sud zalidan qamoqqa olingan hamda jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan.

 Sudlanuvchi R. Mahkamovning himoyachisi Jizzax shahar “KAFOLAT” advokatlar hay’ati advokati J. Turg‘unboyev tomonidan 2020 yil 14 may kuni apellyasiya tartibida shikoyat taqdim etganligi sababli, apellyasiya shikoyati rasmiylashtirilayotganligi ma’lum qilinadi.

 

 

Kiritildi: 10:52 19.05.2020. O'qildi: 2811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!