2025 yil may oyida sud OpenAIga The New York Times bilan bo‘lgan sud jarayoni doirasida ChatGPT foydalanuvchilari barcha yozishmalarini saqlash majburiyati yukladi. Nashr kompaniyani mualliflik huquqlarini buzganlikda ayblamoqda.
Iyun oyi oxirida sud OpenAIning qarshi da’volarini rad etdi va biznes hamda shaxsiy mavzularga oid xabarlarni o‘chirishga ruxsat bermadi. Endi foydalanuvchilarning vaqtinchalik chatlari saqlanadi, faqat ma’lum bir to‘lovli tariflarni qo‘llaganlar bundan mustasno.