Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Sputnik V» bilan emlanganlarning atigi 31 foizida antitanachalarning yetarli darajasi saqlanib qolgan

«Sputnik V» bilan emlanganlarning atigi 31 foizida antitanachalarning yetarli darajasi saqlanib qolgan

The Lancet ilmiy jurnalida argentinalik olimlarning tadqiqotlari natijalari e’lon qilindi, deya xabar bermoqda Daily Afisha.

Ma’lum qilinishicha, tadqiqot doirasida olimlar Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlangan Tukuman shahri aholisini kuzatganlar.

Tadqiqotda ko‘ngilli ravishda ishtirok etgan 602 kishi «Sputnik V» bilan emlangan. Virusga antitanachalar birinchi dozadan keyin ko‘ngilli emlanganlarning 48 foizida, ikkinchi dozadan keyin esa 97,6 foizida aniqlangan.

Ikki oydan keyin antitanachalar darajasi pasayishni boshlagan, biroq 94 foizida emlashdan keyin uch oygacha saqlanib qolgan. Olti oy o‘tgach, ko‘ngilli emlanganlarning atigi 31 foizida COVID-19 ga immun javob berish uchun yetarli miqdorda antitanachalar saqlanib qolganligi aniqlandi.

Kiritildi: 12:32 26.11.2021. O'qildi: 2031 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!