Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Spark" dan giyohvandlik moddasi topildi

A A A
"Spark" dan giyohvandlik moddasi topildi

🔹Joriy yilning 7 sentyabr kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan "Chinor" YPX maskanida xizmat olib borgan YPX inspektori X.Zakirov tomonidan "Spark" rusumli avtomobil haydovchisi to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida yo‘lovchi, 1982 yilda tug‘ilgan D.A. o‘zining turli xatti-harakatlari bilan shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida yo‘lovchining yuk xaltasida, oq sellofan paketda giyohvandlik moddasiga o‘xshash qora rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

‼️Ushbu holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, fuqaro D.A. va aniqlangan modda Ohangaron tumani IIBga topshirilgan.

Kiritildi: 13:31 09.09.2021. O'qildi: 2042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik