“Barselona” hujumchisi Lionel Messi yaqinda yangi imijga kirganidan xabaringiz bor. Argentinalik charm to‘p ustasi “Jirona”ga qarshi o‘yindan oldin soqolidan voz kechdi. Buni qarangki, o‘sha o‘yinda Kataloniya klubi joriy mavsumda ilk bor ochko yo‘qotdi.
Chet el OAV shu munosabat bilan soqol qo‘yishidan oldingi va soqol qo‘yganidan keyingi statistikalarini taqqoslashdi. Xo‘sh, soqol Messi uchun omadlimidi?