Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sony va Honda hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqarishini e’lon qildi

Sony va Honda hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqarishini e’lon qildi

Tashkil etilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma kompaniya elektromobillarni rejalashtirish, loyihalashtirish, ishlab chiqish va sotish bilan shug‘ullanadi. Xalqaro bozorda qo‘shma kompaniyaning dastlabki elektromobillari 2025 yilda paydo bo‘ladi.

Kelishuvga ko‘ra, Honda ishlab chiqarish quvvatini taqdim etsa, Sony mobil xizmatlari platformasini yaratadi. Sony CES 2020 ko‘rgazmasida elektromobillar bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan edi. O‘shanda kompaniya Vision-S konseptini namoyish qildi. 2022 yil yanvarda esa ilk avtomobilini ko‘rsatdi va ushbu urinishlar Honda bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqaruvchi Sony Mobility Inc kompaniyasiga aylanishini e’lon qildi.

Kutilishicha, mazkur bitim Sony kompaniyasiga Hondaning soha nou-xauni o‘zlashtirish hamda global dilerlik va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ta’minotchilar tarmog‘idan foydalanish imkonini beradi.

O‘z navbatida, Honda kompaniyasi sherigi Sony kompaniyasining avtomobilni mustaqil boshqarish va ko‘plab ko‘ngilochar o‘yinlar imkoniyatidan foydalanadi.

Mijozlar elektromobil ekranida PlayStation 5 konsoli uchun ishlab chiqilgan videoo‘yinlarini o‘ynay oladi.

Hozircha elektromobillarga bo‘lgan talab u qadar ko‘p emas, lekin asta-sekin ko‘paymoqda. Chunki iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xavotir va havoni ifloslantirishga qarshi joriy qilinayotgan cheklovlar qat’iylashib bormoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, Yaponiya kompaniyasi avtomobillar yaratishda raqobatchilaridan orqada qolmoqda va endi jadal rivojlanayotgan avtomobil ishlab chiqaruvchilarga, masalan, Tesla kabi ilg‘or kompaniyalarga tenglashish lozim bo‘ladi.

Kiritildi: 21:42 03.06.2022. O'qildi: 3381 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!