Sony kompaniyasi Yevropada PlayStation narxlarini oshiradi — konsollar 14-18 foizga qimmatlashadi.
Bu haqda Wccftech nashri Gyo taxallusli insayderga tayanib xabar bermoqda.
Ekspertning ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya Yevropadagi sotuvchilarni narxlar qayta ko‘rib chiqilishi haqida allaqachon xabardor qilgan. Endilikda qurilmalar taxminan 30–100 yevroga yoki 14-18 foizga qimmatroqqa tushadi.