Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Somali prezidenti: «Izroilning mamlakatimizda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz»

Somali prezidenti: «Izroilning mamlakatimizda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz»

Somali prezidenti Hasan Shayx Mahmud mamlakat hududida Isroilning har qanday hozir bo‘lishiga hech qanday sharoitda yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi.

U «Al-Jazira» telekanaliga bergan intervyusida Isroilning Somalilendda harbiy-dengiz bazasi tashkil etish va mahalliy aeroportdan foydalanish rejalari haqida gapirdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Somali hududiga Yaqin Sharqdagi mojarolarni ko‘chirishga urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Mahmud Somalilend aholisi ham Isroilning hududda bo‘lishiga qarshi ekanini aytdi.

Shuningdek, Somali prezidenti Efiopiyaga mamlakat portlaridan tijorat maqsadlarida foydalanish imkonini berishga tayyorligini bildirdi. Uning aytishicha, Efiopiyaga import va eksport uchun 2–3 ta portdan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 13:38. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!