Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Solari «Real»ni qachongacha boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Solari «Real»ni qachongacha boshqarishi ma’lum bo‘ldi

«Real» ustozi vazifasini bajaruvchi Santyago Solari bosh murabbiy qilib tasdiqlanadi va mavsum oxiriga qadar jamoani boshqaradi, deb xabar beradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, Solari 29 oktyabr kuni Xulen Lopetegi o‘rniga vaqtinchalik bosh murabbiy qilib tayinlangan edi. Ayni paytda «Real» rahbariyati argentinalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoaning natijalaridan mamnun. 

Ispaniya chempionati reglamentiga ko‘ra, vaqtinchalik bosh murabbiy jamoada uzog‘i bilan 2 hafta faoliyat yuritishi mumkin. Solari uchun bu muddat Primera doirasidagi «Selta»ga qarshi o‘yindan so‘ng, 11 noyabr kuni yetib keladi.

Kiritildi: 22:52 09.11.2018. O'qildi: 1744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!