Aholining sog‘lom turmush tarzi madaniyatini yuksaltirish chora tadbirlarini avvalo, oiladan boshlash lozim. Ayniqsa, ovqatlanish tartibi hamda badan tarbiyaga alohida ahamiyat berish kerak.
Har kanday kasallik organizmda immunitet tanqisligi oqibatida yuzaga keladi. Agar organizmga kerakli vitamin va boshqa mineral moddalar vaqtida ta’minlansa organizmdagi barcha tirik hujayralarning to‘yimlilik mikdori me’yorida bo‘ladi. Bu degani immunitet tanqisligining oldi olinadi. Gohida turmush tashvishlari deb vaqtida ovqatlanish tartibi buziladi. Shuning uchun har qanday sharoitda o‘z vaqtida ovqatlanish zarur.
Shuningdek, ovqatlanish jarayonida turli mahsulotlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish muhim. Turli kimyoviy usulda tayyorlangan salkin ichimliklar, gamburger, chipsi kabi turli yengil-elpi tamaddilardan iloji boricha kam foydalanish maqsadga muvofiq.
Agar e’tibor bersak, bobo- momolarimiz faslga qarab ovqatlanishgan. Ko‘proq tabiiy narsalar meva qoqilari, asal, novvot, mayiz, yong‘oq, meva va ko‘katlar kabi mahsulotlardan keng foydalanishgan. Bu tabiiy mahsulotlarni is’temol qilgan kishi uchun dori ichishga hojat qolmaydi. Bolalarimiz is’temol kilayotgan bugungi kundagi kimyoviy oziq- ovkatlarning bari, deyarli 70-80 foyizi sovuqlik keltirib chiqarishi bilan birga tuyimsiz, darmondori ya’ni vitaminlardan yiroq, qolaversa organizmni kuchsizlantiruvchi mahsulotlardir.
Tabiiy mahsulotlar is’temoli kasallik keltiruvchi omillarni yengib o‘tishga ko‘makchidir.
Shuningdek, badan tarbiya bilan shug‘ullanish, ochiq havoda ko‘proq piyoda yurishning ham ahamiyati muhim. To‘g‘ri ovqatlanish va badan tarbiya naslimizni himoya qila bilishimizdir.
Xulosa shuki, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatiga e’tibor bermasak nafakat kasallik, balki naslimizning buzilishiga ham o‘zimiz hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
Hurmatli ota-onalar oiladan boshlangan sanitariya hamda ta’lim tarbiya sog‘lom avlodning asosiy mezonidir.
Manba: gujum. uz