Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Sobiq hokim o‘rinbosari 7 mlrd so‘mni o‘zlashtirishda ayblanmoqda

Sobiq hokim o‘rinbosari 7 mlrd so‘mni o‘zlashtirishda ayblanmoqda

Samarqand viloyatida bosh arxitektor Bobur Elmurodov qo‘lga olindi. Bu haqda OAV xabar bermoqda.

Viloyat bosh me’mori 7 milliard so‘mni o‘zlashtirishda ayblanmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, amaldor fuqarolarga uylarni buzganlik uchun kompensasiya sifatida asossiz ravishda 7 milliard so‘m bergan. Ta’kidlash joizki, mansabdor shaxs o‘g‘irlikni bosh arxitektor etib tayinlanmasdan oldin sodir etgan. Bungacha u Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Elmurodov shu yilning mart oyida bosh me’mor etib tayinlangan edi. Hozirda unga nisbatan 167-modda, 205-modda va 228-modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 10:24 05.12.2019. O'qildi: 3037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!