Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputovada koronavirus aniqlandi. “Interfaks”ning Slovakiya Respublikasi matbuot agentligiga tayanib xabar berishicha, Chaputova yaqin kunlar uchun barcha ish rejalarini bekor qilgan.
“Prezident Zuzana Chaputovada COVID-19 testi musbat chiqdi”, dedi Slovakiya prezidenti matbuot kotibi Martin Strizinec.
Qayd etilishicha, kasallik tufayli Chaputova polshalik hamkasbi Anjey Duda bilan Portugaliya va Italiyaga safarini bekor qilishga majbur bo‘lgan.