Slovakiya prezidenti Petr Pellegrini Ukrainaga borishdan bosh tortdi . Bu haqda Slovakiyaning TA3 nashri xabar berdi .
U tashrifdan bosh tortishini Ukraina hukumati Rossiya gazining o‘z hududi orqali tranzitini to‘xtatgani, bu esa Slovakiyaning energetik xavfsizligiga tahdid solayotgani bilan oqladi. Prezident bunday sharoitda "Ukrainaga safar haqida gap bo‘lishi mumkin emas"ligini ta’kidladi.
“Agar u yerga shunchaki suratga olish uchun borishim kerak bo‘lsa va ular menga Slovakiyaga bir tomchi ham neft va gaz tushmasligini aytishsa, u yerga bormasligim kerak. Hech kim mendan ranjimasin”, dedi davlat rahbari.