Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Sirdaryolik yigit hojatxonada 8 yashar qizni zo‘rlashga urindi

Sirdaryolik yigit hojatxonada 8 yashar qizni zo‘rlashga urindi

2020 yil 15 iyul kuni Sayxunobod tumani IIB boshlig‘i nomiga fuqaro O.D ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning 15 iyul kuni soat taxminan 13-00 lar atrofida voyaga yetmagan, 10.06.2012 yilda tug‘ilgan qizi S.Eni do‘konga narsa olib kelish maqsadida chiqarganligini, lekin oradan 15-20 daqiqa o‘tsa ham qizi qaytib kelmaganidan so‘ng, uni qidirib ko‘chaga chiqqan vaqtida qizi, o‘zlari yashaydigan joy yaqinidagi 35-sonli umumta’lim maktabi tomonidan chiqib kelayotganligini ko‘rganligini, so‘ngra qizi bilan birgalikda yashash xonadoniga kelganida, qizi unga “do‘konga borayotgan vaqtida unga notanish bo‘lgan, keyinchalik "Z" deb tanilgan bir yigit uni velosipediga mindirib, maktabga olib borganligini va o‘sha maktabga borgan vaqtida u xojatxonaga kirib, uni ham chaqirganligini, o‘sha yerda uni o‘pib, unga uyatsiz harakatlar qilganligini” ma’lum qilib, “Z” ismli shaxs voyaga yetmagan qizi S.Ega nisbatan tegajog‘lik qilganligi sababli unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.  

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, mazkur jinoyatni Sayxunobod tumani, Gulbuloq mahallasi, Oybek ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan M.Z sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holatda fuqaro M.Zning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 129-moddasi 1-qismida nazardat tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, 14.08.2020 yilda M.Zga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:53 13.10.2020. O'qildi: 9244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!