Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Sirdaryolik fermerlar qasamyod qabul qildi

Sirdaryolik fermerlar qasamyod qabul qildi

Sirdaryo viloyatining bir qator tumanlarida fermerlar qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda "Darakchi" nashri xabar bermoqda.

"Guliston shahri hokimligi qarshisidagi yurt bayrog‘i maydonida g‘alladan mo‘l hosil yetishtirishga azmu qaror qilgan Boyovut va Guliston tumanlari fermerlari o‘z ahdlariga, shon-shavkatlariga sodiqligini ifodalab, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shishni, nopok ishlarga qo‘l urmaslikni ezgu niyat qilib, qasamyod qabul qildilar", - deyiladi nashr xabarida.

Shunday g‘allakor fermerlarning qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida ham o‘zgacha ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan.

Tadbirda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat prokuraturasi va huquqni himoya qilish organlarining vakillari ishtirok etgan.

Kiritildi: 11:22 19.11.2018. O'qildi: 1392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!