Joriy yilning 18 yanvar kuni soat 15:20da Boyovut tumani "Qarapchi" MFY Ona-yurt ko‘chasidagi 7-uyda tahminan havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida uyning 50 kv.m maydoni yongan, ikki nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.
Voqea joyga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:28 da yetib borib, yong‘in 16:30 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.