Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Sirdaryodagi tezkor tadbirda “Departament xodimi” qo‘lga olindi

Sirdaryodagi tezkor tadbirda “Departament xodimi” qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘limining bildirgisiga asosan Shirin shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.X. boshqa bir fuqaro A.ga o‘zini “Departament xodimi” deb tanishtirib, unga 1 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali shahar hududidan bekat do‘kon qurish uchun yer ajratilishida yordam berishni va’da qilib, oldindan 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:09 01.06.2021. O'qildi: 3674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!