Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Sir ochildi: nega Putin umuman smartfon ishlatmaydi?

A A A
Sir ochildi: nega Putin umuman smartfon ishlatmaydi?

Joriy yilning boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin birorta gadjet, jumladan smartfon ham ishlatmasligini ma’lum qilgandi. Biroq o‘tgan yili u qo‘lida eng qimmat flagman smartfon bilan qo‘lga tushgan ligi ham bor gap.

Shuningdek, V.Putin internetdan ham foydalanmasligini aytgan, ammo bularning sababini ochiqlamagan. Rossiya telekanallaridan biriga bergan intervsida prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham buni tasdiqladi. Shuningdek, Putin nega smartfon tutmasligiga ham matbuot kotibi izoh berib ketdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, har qanday smartfon foydalanuvchisi o‘zini va o‘z hayotini umumiy namoyishga qo‘yadi . Rossiyadek mamlakatning prezidenti esa bunga yo‘l qo‘yishi mumkin emas axborot xavfsizligi muhim.

Peskovning ta’kidlashicha, mamlakat prezidenti faqatgina hukumatning yopiq aloqa tizimidagi telefonlardan foydalanadi. Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, ular barcha smartfonlardan keyin ham yashab qoladi.

Manba: terabayt. uz

Kiritildi: 21:59 20.12.2018. O'qildi: 4709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik