Tinch okeanining g‘arbiy qismida shakllangan va tez sur’atlar bilan kuchaygan "Sinlaku" supertayfuni Mariana orollariga, jumladan, AQShning Guam va Shimoliy Mariana orollari hududlariga yaqinlashmoqda. Shamol tezligi soatiga 240–265 kilometrgacha yetgan ushbu tabiiy ofat asosiy zarbani Saypan va Tinian orollariga berishi prognoz qilinmoqda.
Milliy meteorologiya xizmati dushanbadan payshanbagacha 300 mm dan ortiq yog‘ingarchilik, kuchli suv toshqinlari va vayronkor shamollar bo‘lishidan ogohlantirdi. Dengizdagi xavfli to‘lqinlar va ko‘chkilar xavfi tufayli mahalliy aholiga zudlik bilan xavfsizlik choralarini ko‘rish tavsiya etilgan.