Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sinisha Mixaylovich vafot etdi

Sinisha Mixaylovich vafot etdi

«Milan» klubi va Serbiya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi, yugoslav va serb futboli afsonasi Sinisha Mixaylovich 16 dekabr kuni 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri qayd etishicha, Mixaylovich Rimdagi klinikada olamdan o‘tgan. Murabbiyning oilasi u «qo‘rqinchli kasallik bilan mardlarcha olishgani»ni aytib, shifokorlarga yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.

2019 yil iyulida Mixaylovich o‘ziga leykemiya tashxisi qo‘yilganini va «hujumda o‘ynab» ushbu kasallikni yengib o‘tmoqchi ekanini aytgandi. Murabbiy bir necha bor ximiyaterapiya kurslarini o‘tagan, unga suyak iligi ko‘chirib o‘tkazilgandi.

Mart oyida Mixaylovich leykemiya qaytgani va u yana davolanishi kerakligini aytgandi. Sentyabr oyida «Bolonya» klubi startdagi muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli uni iste’foga chiqardi.

Futbolchilik faoliyati davomida Mixaylovich «Srvena Zvezda», «Roma», «Sampdoriya», «Lasio» va «Inter»dagi o‘yinlari orqali tanilgandi.

U 2006 yildan murabbiylik faoliyatini boshlab, «Inter»da yordamchi murabbiyga aylangandi. Shundan keyin u «Fiorentina», «Sampdoriya», «Torino», «Milan» klublari va Serbiya milliy jamoalarini boshqargan edi.

Kiritildi: 22:13 16.12.2022. O'qildi: 3156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!