Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Si Szinpinning SHHT sammitida ishtirok etishi tasdiqlandi

A A A
Si Szinpinning SHHT sammitida ishtirok etishi tasdiqlandi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chuninning ma’lum qilishicha, XXR raisi Si Szinpin 14-16 sentyabr kunlari Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurib, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-yig‘ilishida ishtirok etadi.

Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi saytida aytilgan.

“Xitoy Raisi Si Szinpin Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHT Davlat rahbarlari kengashining 22-yig‘ilishida ishtirok etadi, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Tokayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashriflarini amalga oshiradi”, — deyiladi xabarda. vazirlik bayonotida aytiladi.

Avvalroq Xitoy SHHTga a’zo davlatlarni mintaqa xavfsizligini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga chaqirgan edi.

Kiritildi: 13:55 12.09.2022. O'qildi: 1883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!